TOSHVZITI VA LATVIYA ORGANIK SINTEZ INSTITUTI O‘RTASIDA HAMKORLIK UCHRASHUV
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Latviya Organik sintez instituti vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur muloqot davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, organik sintez, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, istiqboldagi qo‘shma loyihalar hamda tajriba almashish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdilar.
Muloqot chog‘ida ilmiy izlanishlarni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, malaka oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuv ToshVZITIning xalqaro ilmiy aloqalarini mustahkamlash, xorijiy ilmiy markazlar bilan hamkorlikni kengaytirish hamda biofarmatsevtika yo‘nalishidagi ilmiy tashabbuslarni rivojlantirish yo‘lidagi muhim bosqichlaridan biri bo‘ldi.
ToshVZITI axborot xizmati