TOSHVZITI XALQARO TIBBIY INVESTITSIYA SIMPOZIUMIDA ISHTIROK ETDI

TOSHVZITI XALQARO TIBBIY INVESTITSIYA SIMPOZIUMIDA ISHTIROK ETDI

Xitoyning Shanxay shahrida tashkil etilgan “Uzbekistan Medical Procurement and Investment Symposium” doirasida O‘zbekistonning tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi ustuvor yo‘nalishlari, investitsion salohiyati hamda hamkorlik istiqbollari keng targ‘ib qilindi.

Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) ham faol ishtirok etib, mamlakatimiz farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilayotgan islohotlar, zamonaviy ilmiy yondashuvlar, ishlab chiqarish salohiyati hamda istiqboldagi hamkorlik imkoniyatlari haqida taqdimot qilindi.

Tadbir davomida O‘zbekistonning tibbiy xaridlar bozori, farmatsevtika sohasidagi investitsion muhit, davlat tomonidan yaratilayotgan qulay sharoitlar, shuningdek, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, ToshVZITI tomonidan vaksina va zardoblar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar bo‘yicha muhim tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, investitsiyalarni jalb etish hamda farmatsevtika sohasida yangi bosqichdagi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

ToshVZITI axborot xizmati