UNIVERSITY OF DEBRECEN VAKILLARI BILAN ONLAYN MULOQOT BO‘LIB O‘TDI
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Debrecen vakillari o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.
📌Uchrashuv davomida avvalgi hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, malaka oshirish va ilmiy tajriba almashinuvi jarayonlarida ishtirok etgan xodimlar faoliyati hamda ularning bugungi holatini o‘rganish masalalari muhokama qilindi.
🔬Shuningdek, tomonlar kelgusida ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, kadrlar salohiyatini oshirish hamda birgalikdagi PhD dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
✅Ahamiyatlisi, ayni paytda TOSHVZITI ilmiy xodimlarining 2 nafari University of Debrecen’da malaka oshirish jarayonida bo‘lib, bu hamkorlikning amaliy natijalaridan biri sifatida e’tirof etildi.
🤝Onlayn muloqot yakunida o‘zaro hamkorlikni izchil davom ettirish, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va kelgusida aniq loyihalar asosida aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
🧪TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI