VENGRIYA UNIVERSITETLARI BILAN ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

VENGRIYA UNIVERSITETLARI BILAN ILMIY HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔵Uchrashuv davomida ToshVZITI va Szeged universiteti o’rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

📌Muloqot jarayonida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
✅farmatsevtika va biotexnologiya yo‘nalishlarida ilmiy hamkorlikni kengaytirish;
✅PhD dasturlari doirasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
✅yosh olimlar uchun ilmiy stajirovkalar hamda tajriba almashinuvi dasturlarini tashkil etish;
✅qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

🔘Mazkur uchrashuv ToshVZITI hamda Vengriyaning yetakchi universitetlari o‘rtasidagi ilmiy aloqalarni yanada mustahkamlash, yosh tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.

🧪TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI