VENGRIYADA MALAKA OSHIRAYOTGAN TOSHVZITI YOSH OLIMALARI

12.03.2026 13:01 17 ko'rish
VENGRIYADA MALAKA OSHIRAYOTGAN TOSHVZITI YOSH OLIMALARI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (TOSHVZITI) ilmiy xodimlari Vengriyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Debrecenda ilmiy amaliyot o‘tashni davom ettirmoqda.

📋Dastur doirasida mutaxassislar universitet tarkibidagi Faculty of Pharmacyda amaliy tadqiqotlar jarayonini davom ettirib, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari, ilg‘or ilmiy tadqiqot usullari hamda farmatsevtik yo‘nalishdagi innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishmoqda. Shuningdek, ular xalqaro olimlar bilan hamkorlikda ilmiy tajribalar olib borib, o‘z tadqiqotlari doirasida amaliy ishlar olib bormoqda.

Batafsil University of Debrecen saytiga joylashtirilgan ma’lumot havolasi orqali tanishishingiz mumkin!

👈Batafsil ma’lumot (https://www.debrecensun.hu/uni/2026/03/10/central-asian-pharmacists-conduct-research-at-the-university-of-debrecen/#google_vignette)👈

🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI