XALQARO SEMINAR-TRENINGDA TOSHVZITI VAKILI HAM ISHTIROK ETDI

XALQARO SEMINAR-TRENINGDA TOSHVZITI VAKILI HAM ISHTIROK ETDI

Milliy malaka tizimini rivojlantirish institutida YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida “Kasbiy malakalar reyestrini ishlab chiqish va boshqarishda Yevropa tajribasi” mavzusida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.

Mazkur nufuzli tadbirda tarmoq kengashlari kotiblari, ishchi guruh a’zolari, soha mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlar oflayn va onlayn formatda ishtirok etdi. Seminar-treningda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) vakili ham qatnashib, kasbiy malakalarni shakllantirish va ularni zamonaviy talablar asosida boshqarish borasidagi muhokamalarda qatnashdi.

Seminar davomida:
✅kasbiy malakalar reyestrini shakllantirishning ilmiy-metodologik asoslari;
✅Yevropa davlatlarida malakalar tizimini boshqarishning samarali mexanizmlari;
✅reyestrni raqamlashtirish va ma’lumotlar integratsiyasi;
✅ta’lim tizimi hamda mehnat bozori o‘rtasidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Seminar-trening ochiq muloqot, savol-javoblar va amaliy muhokamalar ruhida o‘tkazilib, ishtirokchilar uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, xalqaro yondashuvlar bilan yaqindan tanishish hamda o‘zaro tajriba almashish uchun muhim maydon vazifasini o‘tadi.

ToshVZITI axborot xizmati