XODIMLAR UCHUN INGLIZ TILI MASHG‘ULOTLARI IZCHIL DAVOM ETMOQDA
Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida xodimlar uchun navbatdagi ingliz tili mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
📝Dars jarayonida gap tuzilishi hamda grammatik konstruksiyalarning amaliy qo‘llanilishi batafsil tahlil qilindi. Ishtirokchilar nazariy bilimlarni misollar, test savollari va kichik dialoglar orqali mustahkamlashdi.
💬Mashg‘ulot davomida interaktiv metodlar qo‘llanilib, savol-javoblar va juftlikda ishlash orqali xodimlarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Har bir ishtirokchi ingliz tilida erkin fikr bildirish va muloqot qilishga harakat qildi.
📚Bunday darslar ilmiy maqolalar bilan ishlash, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish hamda xorijiy hamkorlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🧪 TOSHVZITI AXBOROT XIZMATI