Bifidiumbakterin

Bifidiumbakterin

ISHLANGAN BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALAR HAQIDA MA’LUMOTLARNI TO‘LDIRISH FORMASI

Mahsulot nomi (savdo nomi): Bifidumbakterin NIIVS
Mahsulot tarkibi (faol modda): " Bifidumbakterin NIIVS - liyofilizatsiya natijasida olingan tirik antagonistik faol bifidobakteriyalarning quruq mikrobial massasi.
Foydalanish Maqsadi: normal ichak mikroflorasini qo'llab-quvvatlash va tiklash, immunitet tizimini mustahkamlash.
Xususiyatlari: Oziq-ovqat qo'shimchasiga kiritilgan bakteriyalar ichak mikroflorasiga foydali ta'sir ko'rsatadigan va inson immunitetiga umumiy mustahkamlovchi ta'sir ko'rsatadigan tabiiy antibiotiklar, vitaminlar va organik kislotalarni ishlab chiqaradi.
Foydalanish uchun ko'rsatmalar / qo'llash sohasi:
• Dispeptik holatida.
• Diareyaning oldini olish va davolash (shu jumladan antibiotiklar bilan bog'liq).
• Oshqozon-ichak kasalliklarini (kolit, gastrit) davolashda yordam berish.
• Mavsumiy kasalliklar davrida immunitetni mustahkamlash.
Foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar va dozalar:
• Kattalar: 1 paketdan kuniga 2-3 marta ovqat bilan.
• Bolalar: kuniga 1-2 marta 1 paket suvda yoki boshqa suyuqlikda eritiladi.
• Davolashning davomiyligi: kamida 1 oy.
Chiqarish shakli: Sashe paketda biomassa shaklida liyofillangan mahsulot.

Ishlanma muallif(lar)i: X.K.Avlyanov . G.S.Israilova
Intellektual mulkni himoya qilish (mualliflik guvohnomalari va patentlar): Toshkent Vaksinalar va zardoblar ilmiy tadqiqot instituti, O‘zbekiston Respublikasi, T s 018979371-005:2022 va T018979371-005:2022 O‘zbekiston Respublikasi SES va Sog‘liqni saqlash xizmati tomonidan kelishilgan .