Тошкент вакцина ва зардоблар илмий-тадқиқот институти Фармацевтика соҳаси мутахассисларини мавзули малака ошириш курсларига таклиф этади.
Тошкент вакцина ва зардоблар илмий-тадқиқот институти Фармацевтика соҳаси мутахассисларини   мавзули малака ошириш курсларига  таклиф этади.

Jan. 13, 2025, 11:44 a.m.

      Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 18 sentyabrdagi “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 788-sonli Qarori asosida Toshkent  vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida mavzuli Malaka oshirish oʻquv kurslari faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻquv kursida 2025 yilning yanvar oyidan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Uzluksiz tibbiy-farmatsevtik taʼlimni muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan oʻquv hajmi 36 va 72 kredit soat boʻlgan  quyidagi mavzuli Malaka oshirish oʻquv dasturlari tasdiqlangan. Mazkur kurslarda malaka oshirish istagini bildirgan mutaxassislardan arizalar qabul qilinmoqda.

 

Mavzuli malaka oshirish oʻquv kursi nomi

 

Kredit

1 tinglovchi uchun narx  (soʻm)

1

Yaxshi dorixona amaliyoti (GPP) mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

2.

Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP) mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

3.

Yaxshi distribyutorlik amaliyoti  (GDP) mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

4.

Yaxshi distribyutorlik amaliyoti  (GDP) mavzuli malaka oshirish kursi

72 soat

1 666 000

5

Yaxshi farmalonazoratk amaliyoti  (GVP) mavzuli malaka oshirish kursi

72 soat

1 666 000

6.

Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

 

7.

Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti (GMP) mavzuli malaka oshirish kursi

 

72 soat

1 666 000

8.

Yaxshi klinika amaliyoti (GCP) mavzuli malaka oshirish kursi

 

72 soat

1 666 000

9.

Giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar va

prekursorlar muomalasining qonuniy asosi mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

10.

Giyohvandlik vositalar, psixotrop moddalar va

prekursorlar muomalasining qonuniy asosi mavzuli malaka oshirish kursi

72 soat

1 666 000

11

Yaxshi dorixona saqlash (GSP) mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

12.

ISO-13485 (GOST ISO 13485-2017)  Tibbiy mahsulotlar. Sifatni boshqarish tizimlari. Tartibga solish maqsadlariga qoʻyiladigan talablar mavzuli malaka oshirish kursi

36 soat

750 000

13.

 ISO-19111: 2018 talablariga muvofiq menejment tizimlarini auditdan oʻtkazish mavzuli malaka oshirish kursi

10 soat

250 000

 

      Mashgʻulotlarni malakali soha mutaxassislari, fan doktorlari va fan nomzodlari tomonidan masofaviy taʼlim asosida olib borilmoqda.

Masofaviy malaka oshirish kurslarida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar qoʻyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

Institut direktori nomiga ariza yoki xat, pasport hamda diplom nusʼhasi.

Barcha hujjatlar PDF shaklida telegramm ijtimoiy tarmogʻidagi qoʻyidagi (97) 485 88 98 yoki  (97) 485 88 48 raqamlargga joʻnatiladi.

       Institut manzili:

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Ch.Aytmatov koʻchasi 37 uy.  

📞☎️ Murojaat uchun telefonlar :  71 207 18 63,   97-485 88 98  yoki  (97) 485 88 48.