
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutiga
xalqaro miqyosda tan olingan Koreyalik olim va ilmiy jurnallar muharriri Yong-Ill Lee tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida “Ilmiy ishlar va ilmiy maqolalarni samarali yozish: nufuzli jurnallarda chop etilish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tadi.
📌 Seminar davomida quyidagilar bo’yicha suhbat olib boriladi:
✅ Ilmiy maqola yozishning asosiy tamoyillari;
✅ xalqaro ilmiy jurnallar talablari;
✅ maqolani yuqori reytingli jurnallarda chop ettirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar;
✅muharrir nigohi bilan eng ko‘p uchraydigan xatolar;
📅 Sana: 7-yanvar, 2026-yil
🕰️ Soat: 10:00
📍 Manzil: Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti