YIRINGLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHAQIRUVCHI MIKROBLARGA QARSHI YANGI YONDASHUV
YIRINGLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHAQIRUVCHI MIKROBLARGA QARSHI YANGI YONDASHUV

Aug. 5, 2025, 11:15 a.m.

YIRINGLI KASALLIKLARNI KELTIRIB CHAQIRUVCHI MIKROBLARGA QARSHI YANGI YONDASHUV

Zamonaviy tibbiyotning eng jiddiy chaqiruvlaridan biri — dori vositalariga chidamli mikroorganizmlar bilan kurashishdir. Bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar nafaqat infeksion kasalliklarni davolashda, balki ularning oldini olishda ham katta ahamiyat kasb etadi.

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining 3-kurs tayanch doktoranti Murodova Ijobatxon aynan shu yo‘nalishda izlanish olib bordi. U Mikrobiologiya va virusologiya ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan PhD (falsafa doktori) dissertatsiyasi doirasida yiringli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblarning mahalliy shtammlarini chuqur o‘rgandi.

Laboratoriya sharoitida olib borilgan tadqiqotlar davomida ushbu mikroorganizmlarning turli dori vositalariga nisbatan shakllantirgan chidamlilik darajalari aniqlanib, ularning sabablari tahlil qilindi. Bu esa kelgusida aniq va samarali davolash usullarini tanlash imkonini beradi.

Ilmiy himoya jarayonida sohaning yetuk olimlari, tajribali ustozlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Ular tomonidan mazkur tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, uning sog‘liqni saqlash tizimidagi qo‘llanilishi yuzasidan muhim fikr va tavsiyalar bildirildi.