O‘ZBEKISTON – XITOY: XALQ TABOBATIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI
O‘ZBEKISTON – XITOY: XALQ TABOBATIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Aug. 18, 2025, 2:04 p.m.

O‘ZBEKISTON – XITOY: XALQ TABOBATIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

O‘ZBEKISTON – XITOY: XALQ TABOBATIDA HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining Xitoyga navbatdagi ilmiy-hamkorlik safari davom etmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda xalq tabobatiga bo‘lgan e’tibor sezilarli darajada ortib bormoqda. Bu jarayon, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 10-aprelda qabul qilingan qarorda xalq tabobatining samarador va xavfsiz usullarini zamonaviy tibbiyot tizimiga izchil integratsiya qilish, mutaxassislar malakasini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan.

Shu maqsadda, joriy yilning 15-avgust kuni Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining bir guruh malakali mutaxassislari hamda qator ilmiy va tibbiy muassasalar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining “Sudjou” shahrida joylashgan An’anaviy tibbiyot akademiyasiga tashrif buyurdi.

Akademiya tomonidan delegatsiya a’zolariga, Xitoy xalq tabobatining boy tarixi, bugungi faoliyati va kelajak istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, mehmonlar ignaterapiya, moksiterapiya, manual massaj kabi davolash usullari, amalda qo‘llanilayotgan bo‘limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ikki mamlakat mutaxassislari xalq tabobatini rivojlantirish, tajriba almashish va amaliy hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida tibbiyot va farmasevtika sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni yanada mustahkamlash, xalq tabobatini zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlashtirish hamda sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishda ulkan poydevor bo’ladi.