
TOSHVZITI DA HASHAR VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘TKAZILDI
Mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostidagi umumxalq xayriya hasharlari bo’lib o’tdi.
Shu doirada Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida ham obodonlashtirish va tozalash bo‘yicha hashar tashkil etildi.
Tadbir davomida institut hovlisi va atrof hududlari tartibga keltirildi, sanitariya-gigiyena holati yanada yaxshilandi.
Institut xodimlari jamoaviy hamkorlik va birdamlik ruhida faol qatnashib, hududni yanada obod va fayzli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.
Bunday tashabbuslar nafaqat institut hududini chiroyli va qulay qilish, balki jamoada birdamlik va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishga ham xizmat qilmoqda.