
Bugungi kunda ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi bilim va tajribalarni almashish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
🤝 Shu maqsadda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Avstriyaning nufuzli “University of Graz” professori Kurt Zatloukal bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi.
🎯 Ushbu ilk uchrashuvdan asosiy maqsad — tajribalarni o‘rganish va hamkorlikda yangi loyihalarni amalga oshirish orqali O‘zbekistonda vaksina va biomedikal tadqiqotlarni yangi bosqichga olib chiqishdir.
💡 Muhokama qilingan masalalar:
🔹 Milliy biobankni shakllantirish tajribalari va xalqaro standartlar
🔹 Jigar kasalliklarining ortib borayotgan yukini kamaytirish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar
🔹 Mikrobioma va genetikaning zamonaviy tibbiyotdagi ahamiyati
✅ Uchrashuv davomida ikki tomonlama ilmiy hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari belgilab olindi. Mazkur tashabbuslar O‘zbekiston ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribalarni jalb etish va sog‘liqni saqlash sohasida yangi natijalarga erishishga xizmat qiladi.