Imzolangan memorandum asosida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoyning “Walvax” kompaniyasi o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔬 Uchrashuvda:
✅ Gepatit A va quturishga qarshi vaksinalar ustida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
✅ Mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
✅ Ikki tomonlama tajriba almashish va tashuv ishlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🤝 Mazkur uchrashuv memorandumda belgilangan hamkorlik yo‘nalishlarini amalda boshlab berishga xizmat qiladi.
🌍 ToshVZITI va “Walvax” kompaniyasi o‘rtasidagi hamkorlik kelgusida nafaqat gepatit A va quturishga qarshi samarali vaksinalar yaratishga, balki O‘zbekiston va Xitoy ilmiy hamjamiyatlari o‘rtasida mustahkam ko‘prik qurilishiga ham zamin yaratadi.