ILMIY HAMKORLIK SARI: TOSHVZITI VA ITALIYALIK OLIM UCHRASHUVI
ILMIY HAMKORLIK SARI: TOSHVZITI VA ITALIYALIK OLIM UCHRASHUVI

Sept. 25, 2025, 6:16 p.m.

ILMIY HAMKORLIK SARI: TOSHVZITI VA ITALIYALIK OLIM UCHRASHUVI

🌍 ILMIY HAMKORLIK SARI: TOSHVZITI VA ITALIYALIK OLIM UCHRASHUVI

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti vakillari Italiyaning Xalqaro Genetik Muhandislik va Biotexnologiya Markazi (ICGEB) vakili, molekulyar virologiya guruhi rahbari, PhD , Professor Alessandro Marcello bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 ✅ qo‘shma ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish;
 ✅yosh olimlar uchun PhD va stajirovka dasturlarini tashkil etish;
 ✅innovatsion tadqiqotlarni rivojlantirish;
 ✅vaksina va biotibbiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish.

📌Ma’lumot uchun: ICGEB — Trieste (Italiya), Nyu-Dehli (Hindiston) va Keyptaun (Janubiy Afrika)dagi markazlari orqali 60 dan ortiq davlat olimlari bilan hamkorlik qilayotgan nufuzli xalqaro ilmiy markazdir.

✨ Ushbu uchrashuv ToshVZITI uchun yangi ilmiy bosqichni boshlab beradi va institut olimlari uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytiradi.