TOSHVZITI VA “UNIVERSITY OF ADELAIDE”: ILMIY MULOQOT BOSHLANDI
TOSHVZITI VA “UNIVERSITY OF ADELAIDE”: ILMIY MULOQOT BOSHLANDI

Sept. 26, 2025, 7:05 p.m.

TOSHVZITI VA “UNIVERSITY OF ADELAIDE”: ILMIY MULOQOT BOSHLANDI

📢 TOSHVZITI VA “UNIVERSITY OF ADELAIDE”: ILMIY MULOQOT BOSHLANDI

 

Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda nufuzli Avstraliyaning “University of Adelaide” olimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

🤝 Uchrashuv davomida:

🔹 Har ikki tomon o‘z institut va ilmiy markazlari faoliyati bilan tanishtirdi;

🔹 Dori vositalarini dastlabki ishlab chiqish tizimlari bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rtoqlashildi;

🔹 Klinik oldi tadqiqotlar va hujayra materiallari ustida olib borilayotgan ishlanmalar muhokama qilindi;

🔹 Ilmiy xodimlar o‘z loyihalari va tadqiqot yo‘nalishlari bilan tanishtirildi.

 

🎙 Uchrashuv doirasida Professor Chun-Xia Zhao bilan alohida suhbat ham tashkil etildi. U o‘z ilmiy faoliyatidagi asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berib, bioinspiratsiya asosidagi muhandislik ishlanmalari, nano-dori vositalarini yetkazib berish texnologiyalari, mikrofluidik platformalar va klinik oldi tadqiqotlarda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar haqida to‘xtalib o‘tdi.

 

Professor Zhao shuningdek, xalqaro hamkorlikning ahamiyatini ta’kidlab, ToshVZITI bilan hamkorlik doirasida qo‘shma loyihalar va tajriba almashuv kelgusida ikki tomon uchun ham samarali bo‘lishini alohida qayd etdi.

 

📌 Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va yangi ilmiy loyihalar uchun mustahkam asos yaratishdir.

 

🌍 Ushbu muloqot ToshVZITI uchun xalqaro ilmiy hamkorlikning navbatdagi muhim qadami bo‘lib, kelgusida qo‘shma tadqiqotlar, innovatsion ishlanmalar hamda yosh olimlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar eshigini ochadi.