
📅 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida soha taraqqiyotiga butun umrini bag‘ishlagan ustozlarga ehtirom ko‘rsatildi.
🎓 Ushbu samimiy tadbirda institutning tajribali mutaxassisi, fidoyi va mehnatsevar ustoz — Abdurahmon Akbaralievich Ashurov munosib ravishda nafaqaga kuzatildi.
U kishi yillar davomida olib borgan ilmiy izlanishlari, amaliy tajribasi va fidokorona mehnati bilan institut rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi.
✨ Tadbirda soha vakillari va hamkasblar ustozning farmatsevtika taraqqiyotiga qo‘shgan xizmatlarini yuksak qadrlashdi.
Abdurahmon Akbaralievichning sadoqati, fidoyiligi va ustoz sifatida yetishtirgan shogirdlari farmatsevtika sohasi uchun bebaho maktab sifatida e’tirof etildi.
🌺 Institut jamoasi aziz ustozga sihat-salomatlik, tinch va farovon hayot, uzoq umr tilaydi.
Har bir kuningiz quvonch, baxt va fayzga to‘la bo‘lsin!