
📅 Kuni kecha bo‘lib o‘tgan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov Singapurning yetakchi ilmiy va innovatsion markazlari — A*STAR va SGInnovate rahbariyati bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi.
💡 Suhbat davomida ilmiy innovatsiyalar, chuqur texnologiyalar va startaplar sohasida Singapur tajribasini o‘rganish, shuningdek, ilm-fan va ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi.
📌 Ma’lumot uchun:
🔹 A*STAR — Singapurning asosiy ilmiy agentligi bo‘lib, biomeditsina, fizika va muhandislik sohalarida faoliyat yuritadi.
🔹 SGInnovate — ilmiy g‘oyalarni startaplarga aylantiruvchi innovatsion platforma bo‘lib, tadqiqotchi va tadbirkorlarni birlashtiradi.
🤝 Uchrashuvda tomonlar qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlari, PhD yo‘nalishlarida hamkorlik, ish joyida o‘qitish va talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha fikr almashdilar. Shuningdek, jamiyat va fan sohalaridagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
🔬 Yakunda esa ilmiy va ta’lim sohalarida hamkorlikni kuchaytirish, tajriba almashish hamda Singapurning ilg‘or tajribasini amaliyotga joriy etish masalalari bo’yicha kelishib olindi.