INNOVATSIYALAR SARI — FARMATSEVTIKA HAMKORLIGI KENGAYMOQDA
INNOVATSIYALAR SARI — FARMATSEVTIKA HAMKORLIGI KENGAYMOQDA

Oct. 20, 2025, 2:47 p.m.

INNOVATSIYALAR SARI — FARMATSEVTIKA HAMKORLIGI KENGAYMOQDA

🤝 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov hamda xalqaro tashkilot Changeschool rahbari Neil Marshall ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

💬 Suhbat davomida “Tashkent Pharma Park” innovatsion klasteri faoliyati, farmatsevtika sohasidagi yangilanishlar hamda zamonaviy ilmiy yondashuvlar muhokama qilindi.
🌍 Shuningdek, Changeschoolning xalqaro tajribasini mamlakatimizdagi islohotlar bilan uyg‘unlashtirish orqali sohani yangi texnologik bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

🚀 Uchrashuvda farmatsevtika sohasida startap ekotizimini rivojlantirish, yosh mutaxassislar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va innovatsion g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔬 Yakunida tomonlar medtech va pharma tech startap akseleratorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda sohani texnologik va ilmiy rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalarini belgilab oldilar.

🌟 Mazkur uchrashuv farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot sanoatini raqobatbardosh darajada rivojlantirish sari muhim qadam bo‘ldi.