YOSHLAR — FARMASEVTIKA ISLOHOTLARINING MARKAZIDA!
YOSHLAR — FARMASEVTIKA ISLOHOTLARINING MARKAZIDA!

Oct. 20, 2025, 2:52 p.m.

YOSHLAR — FARMASEVTIKA ISLOHOTLARINING MARKAZIDA!

🩺 Bugun Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori yoshlar bilan uchrashdi.
🤝 Uchrashuv davomida farmasevtika sohasidagi startap loyihalar, yangi texnologiyalar, amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar va ilmiy izlanishlarning dolzarb yo‘nalishlari muhokama qilindi.

🏛 Uchrashuvda Farmasevtika texnika universiteti, Toshkent farmasevtika instituti hamda qator ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti faol vakillari ishtirok etdi.

🎯 Uchrashuvning asosiy maqsadi — farmasevtika sohasiga qiziqqan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning innovatsion g‘oyalarini rivojlantirish, yangi ilmiy loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatda farmatsevtika sanoatini barqaror rivojlantirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

💡 Ilmga chanqoq yoshlar tomonidan innovatsion ishlanmalar, malaka oshirish imkoniyatlari, xalqaro hamkorlik va amaliy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida qator savollar ilgari surildi.

🗣 Agentlik rahbari yoshlarning har bir savoliga batafsil javob berib, ularni fan va ishlab chiqarish o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratishda faol ishtirok etishga chaqirdi.

🌍 Tadbir yakunida yoshlar uchun yangi tashabbuslar, amaliy hamkorlik imkoniyatlari va istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

✨ Yoshlar — bugunning emas, kelajak farmatsevtikasining asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.
Ularning izlanishlari va g‘oyalari sog‘lom jamiyat poydevorini yaratadi.