
Bugun, 17-oktyabr kuni Toshkent shahrida “Farmasevtika sohasining bugungi holati: muammolar va istiqbollar” mavzusidagi VI Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi.
🔬 Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi hamda Toshkent farmatsevtika instituti hamkorligida tashkil etildi.
🎓 Anjuman ishida O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan yetakchi olimlar, mutaxassislar va farmasevtika sohasining faol vakillari ishtirok etdilar.
💉 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) vakillari ham anjuman ishida faol ishtirok etib, o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etdilar hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shdilar.
📑 Dastur doirasida dori vositalarini ishlab chiqish, farmasevtika ta’limi, tibbiy menejment, sifat nazorati va klinik farmatsiya yo‘nalishlarida ilmiy ma’ruzalar tinglandi, xalqaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
🤝 Anjuman farmasevtika sohasining barqaror rivojlanishida, yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni tatbiq etishda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.