
📅 18-oktyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Farmasevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligining fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi vakillari ishtirok etdilar.
🔬 Tadbir ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga joriy etish, ilmiy g‘oyalarning amaliy qiymatini oshirish hamda biznes bilan hamkorlikni kuchaytirishga qaratildi.
💡 Muloqot davomida farmatsevtika, elektrotexnika, qurilish, avtomobilsozlik, transport va logistika yo‘nalishlarida innovatsion ishlanmalar, investitsiyalar va tijoriylashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.
🎓 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) doktoranti Jabborova Shohista “Dori texnologiyasi” yo‘nalishidagi o‘z ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etdi hamda tadbirkorlik sohasida ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini taqdim etdi.
🎥 Tadqiqotlar asosida tayyorlangan videolavhalar ilm-fan yutuqlarini tijoriylashtirish, innovatsion g‘oyalarni amaliy qo‘llash hamda ilm va biznes o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga xizmat qildi.