TOSHVZITIDA FVV HAMKORLIGIDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI
TOSHVZITIDA FVV HAMKORLIGIDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

Oct. 24, 2025, 3:50 p.m.

TOSHVZITIDA FVV HAMKORLIGIDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI

TOSHVZITIDA FVV HAMKORLIGIDA “AHOLINI ZILZILAGA TAYYORLASH HAFTALIGI” DOIRASIDA O‘QUV MASHG‘ULOTLARI O‘TKAZILDI 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ–158-son qarori hamda Bosh vazirning 2024-yil 1-noyabrdagi 182-son bayoniga muvofiq, joriy yil 20–27-oktabr kunlari mamlakatimizda “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” o‘tkazilmoqda.

🏢 Shu munosabat bilan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida ham zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulot va amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida institut xodimlariga zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, binolardan xavfsiz evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish hamda favqulodda vaziyatlarda muvofiqlashtirilgan harakatlarni tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

💻 Shuningdek, xodimlar “Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish bo‘yicha milliy ta’lim platformasi” — 🌐 fmi-platforma.uz (https://fmi-platforma.uz/) orqali bepul tarzda onlayn ta’lim kurslarida malaka oshirish imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

📌Tadbirning asosiy maqsadi — har bir fuqaroning zilzila kabi tabiiy ofatlar paytida xavfsiz, ongli va tezkor harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, aholi o‘rtasida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.

ToshVZITI jamoasi “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etib, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik madaniyatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.