O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKASI GLOBAL MAYDONDA — “CPHI FRANKFURT 2025” START OLDI
O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKASI GLOBAL MAYDONDA — “CPHI FRANKFURT 2025” START OLDI

Nov. 4, 2025, 5:11 p.m.

O‘ZBEKISTON FARMATSEVTIKASI GLOBAL MAYDONDA — “CPHI FRANKFURT 2025” START OLDI

Germaniyaning Frankfurt shahrida farmatsevtika sanoatining eng yirik va nufuzli xalqaro ko‘rgazmalaridan biri — “CPhI Frankfurt 2025” o‘z faoliyatini boshladi.

✨ Bu yilgi tadbir O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi — mamlakatimiz ilk bor “Made in Uzbekistan” milliy stendi bilan qatnashmoqda. Ushbu stend orqali yurtimizda ishlab chiqilayotgan dori vositalari sifati, innovatsion yechimlar va ilmiy salohiyat xalqaro mutaxassislar e’tiboriga havola etilmoqda.

🏢 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) ham mazkur ko‘rgazmada faol ishtirok etmoqda. Institut mutaxassislari mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan biopreparatlar va zamonaviy vaksina ishlanmalari orqali O‘zbekiston ilmiy salohiyatini namoyish etmoqda.

🤝 Xorijlik farmatsevtika sohasi vakillari, investorlar va ilmiy markazlar ToshVZITI ishlanmalariga katta qiziqish bildirmoqda. Ayniqsa, institut tomonidan yaratilgan biotexnologik mahsulotlar, vaksinalar va immunobiologik vositalar xalqaro hamkorlar e’tiborini tortmoqda. Ular institut bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashish masalalarini muhokama qilmoqda.

🌐 “CPhI Frankfurt 2025” — dunyo farmatsevtika industriyasining eng muhim platformalaridan biri bo‘lib, unda O‘zbekistonning ishtiroki milliy farmatsevtika tarmog‘ining xalqaro bozorlarga integratsiyalashuvi, eksport salohiyatining oshishi va ilmiy-texnologik hamkorlikning kengayishiga xizmat qilmoqda.