TOSHVZITI — CPHI FRANKFURT 2025 XALQARO E’TIBORDA
TOSHVZITI — CPHI FRANKFURT 2025  XALQARO E’TIBORDA

Nov. 4, 2025, 5:12 p.m.

TOSHVZITI — CPHI FRANKFURT 2025 XALQARO E’TIBORDA

Farmasevtika sanoatining eng yirik global voqealaridan biri — CPHI Frankfurt 2025 nufuzli tadbirda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston ilmiy yutuqlari va innovatsion farmasevtik ishlanmalari bilan ishtirok etmoqda.

CPHI — bu farmasevtika ishlab chiqaruvchilari, tadqiqotchilar, yetkazib beruvchilar va investorlarni birlashtiruvchi xalqaro platforma bo‘lib, unda ToshVZITI mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqilgan biologik preparatlar, diagnostik vositalar va yangi avlod vaksinalarini taqdim etmoqda.

🌐 Xalqaro hamkorlarning e’tibori ToshVZITI stendida

Ko‘rgazma davomida ToshVZITI stendi turli mamlakatlardan tashrif buyurgan mutaxassislar e’tiborini tortdi. Xususan, quyidagi kompaniya vakillari institut ishlanmalariga katta qiziqish bildirishdi:

🔹 Mr. Saul Benzadon Nahon, Laboratorios Clarben S.A. (Ispaniya) — tibbiy va stomatologik dori vositalari ishlab chiqaruvchi yirik farmasevtika kompaniyasi vakili.

🔹 Dr. Mattia Saporiti, Saporiti Consulting SRL (Italiya) — farmasevtika ishlab chiqarish jarayonlari va sifat tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi mutaxassis.

🔹 Mr. Kim Sung Soo, iCure Pharmaceuticals & Cosmetics (Koreya Respublikasi) — innovatsion dori yetkazib berish tizimlari va kosmetika ishlab chiqaruvchi, KOSDAQ birjasida ro‘yxatga olingan kompaniya direktori.

🔹 Mr. Apoorv Sharma, LITEGRAV OÜ (Estoniya) — farmasevtika va biotibbiyot sohasida ilg‘or texnologik yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya rahbari.

🔹 Dr. Anand Govindaluri, Startup Accelerator Private Limited (Singapur / Hindiston / BAA) — biotexnologiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi startaplarni rivojlantiruvchi xalqaro investitsion kompaniya asoschisi va bosh ijrochi direktori.

🔹 Mr. Dimitrios Sofras, PromoPharma S.A. (Gretsiya) — farmasevtika sektori uchun ishlab chiqarish, klinik tadqiqot va ilmiy-texnik hamkorlik bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi kompaniya bosh direktori.

🔹 Mr. Nirnith Devireddy, InSilicoMinds (Hindiston / AQSh) — sun’iy intellekt asosida in silico tahlillar va simulyatsion farmasevtika modellarini ishlab chiqishga ixtisoslashgan kompaniya rahbari.

🔹 Fiscal Ox Ltd (Buyuk Britaniya) — AI va bulutli texnologiyalar asosida farmasevtik ishlab chiqarish, klinik tadqiqot hamda laboratoriya jarayonlarini avtomatlashtiruvchi ilg‘or dasturiy yechimlar ishlab chiqaruvchi kompaniya.

🤝 Hamkorlik yo‘nalishlari va yangi kelishuvlar

Ko‘rgazma doirasida ToshVZITI vakillari 5 ta farmasevtika kompaniyasi bilan jonli muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvlarda vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, klinik sinovlar va texnologik transfer masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, ToshVZITI delegatsiyasi Beko Farmatsiya kompaniyasi bilan vaksina ishlab chiqarish va mahalliy xomashyo asosida texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha istiqbolli kelishuvga erishdi.

Bundan tashqari, PromoPharma S.A. (Gretsiya), InSilicoMinds (Hindiston / AQSh) hamda Fiscal Ox Ltd (Buyuk Britaniya) kompaniyalari bilan ham vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

CPHI Frankfurt 2025 ToshVZITI uchun xalqaro miqyosda o‘z ilmiy ishlanmalarini taqdim etish, yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash va O‘zbekiston farmasevtika sanoatining global nufuzini mustahkamlash uchun muhim maydonga aylandi.