
Bugun Germaniyaning Frankfurt shahrida bo‘lib o‘tgan CPHI FRANKFURT 2025 xalqaro farmasevtika ko‘rgazmasi o‘z yakuniga yetdi.
Uch kun davomida Toshkent Vaksina va Zardoblar Ilmiy-Tadqiqot Instituti delegatsiyasi global farmasevtika bozorining yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik yuzasidan muloqot va muzokaralar olib bordi.
Tashrif davomida uchrashilgan tashkilotlar:
🔹 Marko Šarić — CEO, SARMENTA – GENEROLAB (Croatia)
Farmasevtika yo‘nalishida yangi formulalar va startap loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
🔹 Naturprodukt (Czech Republic)
Tabiiy siroplar ishlab chiqaruvchi kompaniya — Naturprodukt Sirups brendi ostida “first-class raw materials” asosida tayyorlangan mahsulotlarini taqdim etdi va hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 Q-PRO LABS (Germany)
Contract Laboratory Services yo‘nalishida faoliyat yurituvchi laboratoriya. ToshVZITI vakillari sifat nazorati (QA/QC) va klinik tadqiqotlar bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildi.
🔹 DUNBAR PHARMA (Ireland)
Dronabinol API D-100 — Delta-9-Tetrahydrocannabinol asosidagi faol farmasevtik ingredient ishlab chiqaruvchi kompaniya. ToshVZITI ilmiy ishlanmalariga va xomashyolariga qiziqish bildirdi.
🔹 LNK – Link Healthcare Intelligence (Netherlands)
Global farmasevtika tahlil tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Uchrashuvda ma’lumot almashish va innovatsion monitoring tizimlarini tatbiq etish bo‘yicha kelishuvlar muhokama qilindi.
🔹 UNSEEN BIO (Denmark)
Mikrobiom va vaginal testlar ishlab chiquvchi innovatsion diagnostika startapi. Sog‘lom ichki muvozanatni o‘rganish yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.
🔹 FOY | ETRNL Longevity (USA)
Sog‘lom qarish va biologik yoshni teskari rivojlantirishga qaratilgan ilmiy formulalar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Biologik yoshni tahlil qilish texnologiyalari va nutrasevtik qo‘shimchalar bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
🔹 TYTAN CAPITAL — Corporate Finance (UK / Spain)
Moliyaviy strategiyalar, korporativ investitsiyalar va xalqaro yo‘nalishlarda faoliyat yurituvchi kompaniya. ToshVZITI vakillari bilan ilmiy-texnologik startaplarni investitsion qo‘llab-quvvatlash va moliyaviy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
🔹 Evelyn Baez — Operations Director, Laboratorio Eticos (Spain)
Farmasevtik ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish va sifat boshqaruv tizimlarini takomillashtirish yo‘nalishida hamkorlik bo‘yicha muloqot olib borildi.
🌍 CPHI FRANKFURT 2025 — bu faqat ko‘rgazma emas, balki ilm, innovatsiya va global hamkorlik uchun yangi eshikdir.
ToshVZITI jamoasi uchun esa bu — xalqaro muvaffaqiyatlar sari navbatdagi muhim zinapoya bo‘ldi.