
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi biotexnologiya va farmatsevtika sohalarida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 8 haftalik “PharmaNext” dasturini rasman ishga tushirdi.
🏛️ Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti (ToshVZITI) ham ushbu tashabbus doirasida ilmiy va innovatsion yo‘nalishlarda hamkorlik qilishi кutilmoqda.
1-yo‘nalish — Tizim va yetakchilik
(Ilmiy tadqiqot institutlari va OTMlar uchun)
Maqsad: tashkilotlarda innovatsion loyihalarni boshqarishning bozorga yo‘naltirilgan ichki tizimini yaratish.
Kutilayotgan natijalar:
✅ GLP / GCP / GMP hamda SaMD standartlarini joriy etish
✅ Texnologiya transferi uchun yagona SOW (Scope of Work) shabloni ishlab chiqish
✅ 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan innovatsion yo‘l xaritasi va moliyalashtirish rejasi
2-yo‘nalish — Mahsulot yaratish va tijoratlashtirish
(Olimlar va startaplar uchun)
Maqsad: ilmiy g‘oyani PoC yoki ishchi prototip darajasiga yetkazish.
Imkoniyatlar:
1) 8 hafta davomida PoC yoki MVP yaratish
2) Investitsiya qadoklash va klinikagacha bo‘lgan tadqiqotlarga tayyorlash
3) Loyiha qiymatini real baholash
💡 “PharmaNext” — ilmni natijaga aylantirish, ToshVZITI kabi ilmiy markazlarni yangi imkoniyatlar maydoniga olib chiqish uchun yaratilgan platformadir.
🌍 Mahalliy salohiyatni global talablar darajasiga ko‘tarishga imkon yaratadi.