TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI JANUBIY KOREYADA 1 OYLIK XALQARO O‘QUV-AMALIY DASTURDA ISHTIROK ETMOQDA
TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI JANUBIY KOREYADA 1 OYLIK XALQARO O‘QUV-AMALIY DASTURDA ISHTIROK ETMOQDA

Nov. 10, 2025, 5:24 p.m.

TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI JANUBIY KOREYADA 1 OYLIK XALQARO O‘QUV-AMALIY DASTURDA ISHTIROK ETMOQDA

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari —
Parmonova Maftuna, Savurova Mohinabonu va Abdug‘aniyev Abdurauf — Janubiy Koreyada vaksina va biologik preparatlar ishlab chiqarishga oid 1 oylik xalqaro amaliy o‘quv dasturlarida qatnashmoqda. 

📍 Yonsei University & KNIBR-T — 1 oylik “GTH-B Hands-on Training for mRNA Vaccine Manufacturing”
Ishtirokchilar: Parmonova Maftuna, Savurova Mohinabonu

 ✅ mRNK vaksinalarining yaratilish jarayoni va molekulyar asoslari
✅ RNK sintezi va lipid nanozarrachalarga joylashtirish (LNP)
 ✅ Steril muhitda to‘ldirish, qadoqlash va sifat nazorati
 ✅ GMP standartlariga asoslangan laboratoriya amaliyotlari

📍 KBIO-Health / GTH-B — 1 oylik Antitana (Antibody) ishlab chiqarish bo‘yicha trening
Ishtirokchi: Abdug‘aniyev Abdurauf

 ✅ Antitana ishlab chiqarish, bioreaktor va tozalash usullari
 ✅ Laboratoriyadan sanoat bosqichigacha bo‘lgan jarayon
✅Sifat nazorati va bioxavfsizlik talablari
 ✅GMP tizimi asosida amaliy ko‘nikmalar

Bo’yicha bilimlarini oshirmoqda.
Ushbu ishtirok ToshVZITI uchun mRNK va antitana texnologiyalarini chuqur o‘zlashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish va milliy vaksina ishlab chiqarish salohiyatini oshirish yo‘lida muhim bosqichdir.