TOSHVZITI XITOY BILAN HAMKORLIKDA – MARKAZIY OSIYODA YANGI ILM MARKAZI SARI
TOSHVZITI XITOY BILAN HAMKORLIKDA – MARKAZIY OSIYODA YANGI ILM MARKAZI SARI

Nov. 10, 2025, 5:28 p.m.

TOSHVZITI XITOY BILAN HAMKORLIKDA – MARKAZIY OSIYODA YANGI ILM MARKAZI SARI

🧬 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida Xitoy bilan ilmiy-innovatsion hamkorlikka bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Institutga Xitoydan ikki nafar nufuzli mehmon — Yi Ren, tashqi aloqalar bo‘yicha loyiha menejeri va Lihua Wang, xalqaro hamkorlik bo‘limi direktori tashrif buyurdi.

🧭 Delegatsiya avvalo institutda vaksina va zardoblar ishlab chiqarish jarayonlari hamda mavjud ilmiy infratuzilma bilan tanishdi. Shundan so‘ng mehmonlar ilmiy laboratoriyalarga yo‘l oldi.

🔬 Laboratoriyalarda ularga mahalliy dorivor o‘simliklardan yaratilayotgan yangi dori formulalari, zamonaviy biotexnologik uskunalar va tajriba jarayonlari namoyish etildi. Olimlar tadqiqot usullari, biologik xavfsizlik tizimi va xalqaro standartlarga mos ishlab chiqarish talablari haqida ma’lumot berdi.

🎯 Tashrifning asosiy maqsadi — Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida yangi ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish, dorivor o‘simliklar asosida dori vositalari yaratish hamda biologik qo‘shimchalar ishlab chiqishdan iborat.

🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni amaliy bosqichga olib chiqish, ilmiy konferensiyalar, qo‘shma tadqiqotlar va yangi dori mahsulotlarini yaratish bo‘yicha kelishib oldi.

🌍 ToshVZITI bu safar nafaqat ilmiy markaz, balki Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi yangi ilmiy ko‘prikka aylandi.