BMT “UN WOMEN” VA TOSHKENT VAKSINA VA ZARDOBLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI AYOLLAR TENG HUQUQLIGI UCHUN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQDA
BMT “UN WOMEN” VA TOSHKENT VAKSINA VA ZARDOBLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI AYOLLAR TENG HUQUQLIGI UCHUN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQDA

Nov. 14, 2025, 2:23 p.m.

BMT “UN WOMEN” VA TOSHKENT VAKSINA VA ZARDOBLAR ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI AYOLLAR TENG HUQUQLIGI UCHUN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLAMOQDA

Bugun Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida BMTning “UN Women” – Ayollar uchun BMT tuzilmasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹 UN Women — Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollar huquqlari, gender tengligi va qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishidagi yetakchi global tuzilmasi bo‘lib, 2010-yilda tashkil etilgan.
Tashkilot ayollar rahbarligini kuchaytirish, ularni iqtisodiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi.

💬 Uchrashuv davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1️⃣ Ilmiy muassasalarda ayollar rahbarligini oshirish va kadrlar salohiyatini rivojlantirish.
2️⃣ Ayol olimlar uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va motivatsiya tizimini takomillashtirish.
3️⃣ Ilmiy tadqiqotlarda gender tenglik tamoyillarini qo‘llash.
4️⃣ Xalqaro grantlar, treninglar va qo‘shma ilmiy loyihalarda ayollar ishtirokini kengaytirish.
5️⃣ Ilmiy muhitda genderga oid stereotiplarni bartaraf etish va ayollar ilmiy salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish.

🤝 Tomonlar ushbu yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada mustahkamlash, ayollarni ilmiy sohada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

✨ Bu uchrashuv BMTning “Gender tengligi — bu faqat bizning faoliyatimiz emas, bu biz kimligimiz” tamoyiliga uyg‘un tarzda, O‘zbekiston ilmiy sohasi rivojida ayollar rolini mustahkamlash sari ulkan zinapoya bo‘ldi.