
Bugun institutda O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI HARAKATINING 120 YILLIGI hamda FARMATSEVTIKA VA TIBBIYOT XODIMLARI KUNI munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tibbiyot va farmasevtika sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xodimlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ushbu e’tiroflar — ularning yillar davomida inson salomatligini saqlash, ilmiy izlanishlar olib borish va jamiyat farovonligiga qo‘shgan ulkan hissasiga bo‘lgan hurmat ramzidir.
Tadbir jarayonida institut jamoasi o‘z kasbiga sadoqat, inson hayotiga bo‘lgan ehtirom va mehrni yana bir bor namoyon etdi.
Bu kun — ilm, fidoyilik va insonparvarlikni o‘zida mujassam etgan soha vakillariga bildirilgan chuqur e’tirof bo‘ldi.