TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI XITOYDA TAJRIBA ALMASHMOQDA
TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI XITOYDA TAJRIBA ALMASHMOQDA

Dec. 1, 2025, 4:39 p.m.

TOSHVZITI ILMIY XODIMLARI XITOYDA TAJRIBA ALMASHMOQDA

📘 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilayotgan  navbatdagi o‘quv-amaliy seminar doirasida qator mashg‘ulotlarda qatnashdilar.

🧪 Ishtirokchilar Xitoyda dori vositalari va tibbiy buyumlarni tartibga solish tizimi, normativ hujjatlar, an’anaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan dori vositalarining ishlab chiqarish amaliyoti va xavfsizlik tamoyillari bo‘yicha umumiy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🏛️ Shuningdek delegatsiya, dori vositalari ekspertizasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot instituti (Shinjon Uyg‘ur Avtonom) tumaniga tashrif buyurdi. Tashrif davomida institutning umumiy faoliyati, laboratoriya bo‘limlari, sifat nazorati tartiblari, ekspertiza jarayonlari, tibbiyot va tabobatda foydalaniladigan mahsulotlar va  amaliyotda qo‘llaniladigan  imkoniyatlar bilan tanishildi. 

🌐 Mazkur o‘quv dasturi ToshVZITI xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish va xalqaro ilmiy-amaliy tajribani boyitishga imkon yaratmoqda.