“SARTORIUS AG” KOMPANIYASI BILAN FARMATSEVTIKA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
“SARTORIUS AG” KOMPANIYASI BILAN FARMATSEVTIKA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Dec. 1, 2025, 4:42 p.m.

“SARTORIUS AG” KOMPANIYASI BILAN FARMATSEVTIKA SOHASIDA HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

📅 Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov Germaniyaning yirik biotexnologiya kompaniyasi — “Sartorius AG” delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.


💊 Suhbat chog’ida, “Tashkent Pharma Park” klasterida amalga oshirilayotgan loyihalar, biotexnologiya yo‘nalishidagi yangi imkoniyatlar va o‘zaro hamkorlik uchun yaratilayotgan sharoitlar batafsil taqdim etildi.

 🏛️ Shuningdek, tomonlar laboratoriya infratuzilmasini modernizatsiya qilish, ilmiy xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish  borasidagi hamkorlik rejalarini muhokama qildilar. Mehmonlar institutning ilmiy salohiyati va tadqiqot imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

 🤝 Uchrashuv yakunida tomonlar ilmiy-tadqiqot konsepsiyasini ishlab chiqishda o‘zaro ko‘maklashish, hamkorlik doirasini kengaytirish va qator amaliy tashabbuslar ustida birgalikda ish olib borishga kelishuvga erishdilar.

📚Uchrashuv natijasida ikki tomonlama hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi. Ilmiy loyihalarni yanada takomillashtirish va kelajakdagi biotexnologik tashabbuslarni birgalikda yo‘lga qo‘yish uchun mustahkam zamin yaratildi.