
🌏 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Koreya Respublikasidagi KVCAST (Korea Vaccine Clinical & Advanced Science Training) markazida o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-amaliy seminarda ishtirok etdi.
📘 Seminar doirasida:
✅ mRNA vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro qo‘llanmalar (mRNA Vaccine Manufacturing Guideline) va Koreyaning MFDS regulyator tizimi haqida batafsil ma’ruza tinglandi.
✅ Mycoplasma testlarini aniqlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
🧬 Tashrif davomida delegatsiya Koreyaning yirik biobank markazlaridan biri faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur markazda inson biologik namunalarining (qon, plazma, DNK va boshqa materiallar) ilmiy tadqiqotlar uchun uzoq muddatli saqlanishi yo‘lga qo‘yilgan.
🌐 Seminar yakunida barcha davlatlardan qatnashuvchilar o‘z mamlakatidagi farmatsevtika regulyator tizimi bo‘yicha taqdimotlar qildilar. O‘zbekiston nomidan institut xodimlari:
✅dori vositalari, tibbiy buyumlar va farmatsevtika mahsulotlarini nazorat qilish tizimi,
✅yangi preparatlarni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlari,
✅ vaksinalar va tibbiy buyumlar sifat hamda xavfsizligini baholash tartibi
haqida ma’lumot berib o‘tdilar.
🏛 Ushbu yo‘nalishdagi regulyator funksiyalarni O‘zbekistonda Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi (Pharmaceutical Product Safety Centre / Uzpharmcontrol) amalga oshiradi.
🎓 Mazkur seminar ToshVZITI mutaxassislari uchun xalqaro tajribani o‘rganish, zamonaviy biotexnologik jarayonlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni chuqurlashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etdi.