TOSHVZITI ILMIY SALOHIYATI VA FAOLIYATI BILAN TANISHUV
TOSHVZITI ILMIY SALOHIYATI  VA FAOLIYATI BILAN TANISHUV

Dec. 1, 2025, 4:47 p.m.

TOSHVZITI ILMIY SALOHIYATI VA FAOLIYATI BILAN TANISHUV

📅 Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Marat Ma’murov bilan bosh mutaxassis Shahrizoda Rizoqulova birgalikda  Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida quyidagilar batafsil tanishtirildi:

✅ zamonaviy laboratoriya xonalari,
 
✅ishlab chiqarish jarayonlari uchun yaratilgan muhit,
 
✅xalqaro talablarga mos jihozlar,
 
✅yosh mutaxassislar uchun ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari
 
✅ xalqaro grantlarda ishtirokni oshirish

📌 Marat Ma’murov ToshVZITI’da amalga oshirilayotgan yangilanishlarni yuqori baholab, institutning ilmiy salohiyatini yanada mustahkamlash, malaka oshirish dasturlarini kengaytirish hamda farmatsevtika yo‘nalishidagi ilmiy-amaliy ishlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

🤝 Mazkur hamkorlik tizimdagi kadrlar salohiyatini oshirish, innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etishi muhokama qilindi

🏛️ ToshVZITI ushbu yaqin hamkorlik istiqbolda yangi loyihalar, ta’lim dasturlari va ilmiy tashabbuslarni shakllantirishga xizmat qilishiga ishonadi.