
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahrida joylashgan bir qator yetakchi tibbiy va farmatsevtika muassasalari — “XINJIANG” Tibbiy Texnologiyalar Kompaniyasi AJ, Sinzyan Uyg‘ur Farmatsevtika Kompaniyasi MChJ hamda Xinjiang Uyg‘ur Avtonom tumani Dori vositalari nazorati instituti (Autonomous Region Institute of Drug Control) bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Safar davomida biologik mahsulotlar sifati, zamonaviy tahlil usullari, ishlab chiqarish xavfsizligi hamda dori vositalarini nazorat qilish bo‘yicha ilg‘or tajribalar o‘rganildi. Tomonlar tajriba almashish, ilmiy kadrlar malakasini oshirish va birgalikda yangi texnologiyalarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvlar yakunida ToshVZITI hamkor muassasalar bilan o‘zaro ilmiy-texnik hamkorlik shartnomasi loyihalarini kelishib oldi.
Mazkur ilmiy safar ToshVZITI uchun xalqaro ilmiy maydonda yangi imkoniyatlar ochib, institutning kelgusi loyihalari uchun mustahkam zamin yaratmoqda