
🏛️ Koreyaning nufuzli Yonsei universitetida mRNA Vaccine Manufacturing Guideline yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilgan 1 oylik o‘quv dasturi o‘z yakuniga yetdi. Dastur doirasida mRNA vaksina ishlab chiqarish texnologiyalari, sifat nazorati, xavfsizlik standartlari va zamonaviy ishlab chiqarish protokollariga doir chuqurlashtirilgan treninglar o‘tkazildi.
📌 Dastur yakunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolariga sertifikatlar topshirildi.
Quvonarlisi, sertifikat olganlar orasida Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari Parmonova Maftuna va Savurova Mohinabonu ham bor.
📚ToshVZITI jamoasi ushbu muvaffaqiyatni ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va zamonaviy biotexnologiyalarni amaliyotga joriy etish yo‘lidagi muhim tashabbus sifatida e’tirof etadi.