TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI
TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

Dec. 9, 2025, 10:35 p.m.

TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

TOSHVZITI VA YONSEI UNIVERSITETI O‘RTASIDA MEMORANDUM IMZOLANDI

 

🟩 Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning nufuzli Yonsei Universiteti Mexanik injeneriya fakultetiga tashrif buyurdi.

 

❇️ Uchrashuv davomida fakultet professori WonHyoung Ryu, shuningdek, O‘zbekistonlik olim, ushbu universitetning yetakchi tadqiqotchisi Professor Mirkomil Sharipov bilan ilmiy yo‘nalishlar, yangi texnologiyalar va qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.

 

Tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qildilar:

 

mexanik muhandislik va biotibbiyot muhandisligi sohalarida qo‘shma ilmiy izlanishlar olib borish;

 

mikroignalar orqali vaksina yetkazish texnologiyasini ishlab chiqish, uning loyihasi va kelgusida ToshVZITI amaliyotiga tatbiq etish;

 

ilmiy ishlanmalarni birgalikda amaliyotga joriy etish.

 

📚Shuningdek, uchrashuvda ilmiy nashrlar va vizual ta’lim platformalari bilan hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi. Mazkur jarayonda JoVE kompaniyasi vakili Amin Piri, Ph.D., Customer Success Specialist ishtirok etib, ilmiy kontent almashinuvi va o‘quv resurslarini kengaytirish bo‘yicha takliflar bildirdi.

 

🤝Uchrashuv yakunida ToshVZITI va Yonsei Universiteti Mexanik injeneriya fakulteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandum ilmiy almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar hamda innovatsion ishlanmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.