
🇺🇿 KONSTITUTSIYA — XALQ SALOMATLIGI VA ILM-FANNI HIMOYALAYDIGAN QOMUS
📘 8-dekabr — O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.
Konstitutsiya — davlatimizning asosiy qonuni bo‘lib, unda inson huquqlari, sog‘liqni saqlashning kafolatlari hamda ilm-fan rivojiga doir normalar aniq belgilangan.
ToshVZITI jamoasi ushbu qonunlarda nazarda tutilgan vazifalar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashib, xalq salomatligi va ilmiy taraqqiyotga xizmat qilishda izchil faoliyat olib bormoqda.
🇺🇿Konstitutsiya kuni muborak bo’lsin!
Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz salomatligi va ilm-fanimiz rivoji yo‘lida qilayotgan har bir sa’y-harakatimiz barakali bo‘lsin.
ToshVZITI jamoasi Konstitutsiyada belgilangan vazifalarni amalda ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi ishlarni davom ettiradi.