
AQSH VA O‘ZBEKISTON: FARMATSEVTIKA SOHASIDA YANGI HAMKORLIK
📅 Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Qatarning “Novel Therapeutics Technology” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
📌Ma’lumot uchun: “Novel Therapeutics Technology” – sun’iy intellekt yordamida dori yaratishda yetakchi kompaniya
2020 yilda tashkil etilgan Kompaniya onkologiya va nevrologiya sohalariga yo‘naltirilgan innovatsion dori vositalarini ishlab chiqadi.
Sun’iy intellekt va ilg‘or biotexnologiyalar yordamida yangi molekulalarni tez va samarali sinovdan o‘tkazadi, global hamkorlikni rivojlantiradi.
Kompaniya AQShning Hyuston shahridagi TMC3 Kollaboratsiya markazi orqali ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etadi.
“Novel Therapeutics Technology” – zamonaviy farmatsevtika va AI texnologiyalarini birlashtirgan innovatsion yechimlarning yetakchisi.
✅ Ushbu uchrashuvda kompaniya va agentlik vakillari o‘z faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar. Kompaniya AQShning Hyuston shahridagi TMC3 Kollaboratsiya markazi faoliyati va erishilgan yutuqlar haqida ma’lumot berdi hamda hamkorlikning ikki tomon manfaatli bo’lishi aytildi.
✅ Shuningdek, agentlik vakillari “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududidagi shart-sharoitlar, taqdim etilayotgan imtiyozlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida bevosita ma’lumotlar berildi.
✅ Yakunda esa tomonlar ta’lim, tadqiqot va sun’iy intellekt sohalarida bilim va tajriba almashish hamda o‘zaro hamkorlikni davom ettirish bo’yicha kelishildi.
Mazkur uchrashuv farmatsevtika sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish va innovatsion loyihalarni rivojlantirish uchun muhim tashabbus bo‘ldi.