TOSHVZITI–CHUNGBUK: ANGLASHINUV MEMORANDUMI IMZOLANDI
TOSHVZITI–CHUNGBUK: ANGLASHINUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

Dec. 10, 2025, 1:41 p.m.

TOSHVZITI–CHUNGBUK: ANGLASHINUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

TOSHVZITI–CHUNGBUK: ANGLASHINUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

 

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Janubiy Koreyaning Chungbuk Milliy Universiteti Farmatsiya fakulteti o‘rtasida ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida farmatsevtika, mikrobiologiya va biotexnologiya yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, xodimlarning malakasini oshirish, o‘quv-trening dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek yosh olimlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

 

📌Tashrif doirasida Chungbuk Milliy Universitetining zamonaviy laboratoriyalari ko‘zdan kechirildi. Delegatsiya yosh olimlar uchun yaratilgan o‘quv va ilmiy-amaliy sharoitlar bilan tanishdi. Universitet farmatsiya, biotexnologiya va tibbiy tadqiqotlar bo‘yicha kuchli ilmiy salohiyati, innovatsion yondashuvlari va xalqaro hamkorlik dasturlari bilan ajralib turadi.

 

Imzolangan memorandum quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni kuchaytiradi:

 

✅ farmatsevtika va biotexnologiya bo‘yicha qo‘shma ilmiy izlanishlar;

✅ institut xodimlari uchun malaka oshirish va ilmiy almashinuv dasturlari;

✅ yosh olimlar uchun ilmiy loyihalar va rivojlanish platformalarini yaratish;

✅ laboratoriya infratuzilmasini mustahkamlash hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etish.

 

🤝 Mazkur memorandum ToshVZITI va Chungbuk Milliy Universiteti o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi va farmatsevtika hamda biotexnologiya sohalarining innovatsion rivoji uchun imkon yaratadi.