
TOSHVZITI–HANYANG: MUHIM HAMKORLIK BOSQICHI
📌Toshkent vaksina va zardoblar instituti hamda Janubiy Koreyaning nufuzli Hanyang Universiteti o‘rtasida keng qamrovli ilmiy-innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi.
📌Uchrashuv chog‘ida Hanyang Universiteti vitse-prezidenti, professor Dong-Hyun Baek ishtirok etdi. U memorandum ikki tomonlama ilmiy va innovatsion aloqalarni mustahkamlashini ta’kidlab, institut bilan strategik yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
📌Ma’lumot uchun:
Hanyang Universiteti — Janubiy Koreyaning eng nufuzli tadqiqot universitetlaridan biri bo‘lib, Seul va Ansan shaharlarida joylashgan. Muhandislik, biotexnologiya, tibbiyot va farmatsiya sohalaridagi yutuqlari bilan tanilgan ushbu universitet kuchli ilmiy maktabi va zamonaviy ilmiy infratuzilmasi bilan xalqaro miqyosda e’tirofga ega.
Memorandum quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o’z ichiga qamrab olgan:
✅farmatsevtika va biotexnologiya sohalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlar;
✅mikrobiologiya va vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va joriy etish;
✅mutaxassislar, ilmiy xodimlar va yosh olimlar almashinuvi;
✅qo‘shma ilmiy seminarlar, treninglar va ta’lim dasturlarini tashkil etish;
✅innovatsion ishlab chiqarish loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish.
🤝 Ushbu memorandum O‘zbekistonning biotexnologiya va vaksina sohalaridagi ilmiy salohiyatini mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va ilg‘or tajribalarni amaliyotga tatbiq etishda muhim bosqich bo‘ladi.