
Navbatdagi tashrif Yonsei universitetiga bo’ldi. Uchrashuv doirasida Universitet dekanı, professor Ikyon Kim bilan ilmiy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, qo‘shma tadqiqotlar va kelgusidagi amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Yonsei Universiteti Farmatsiya fakulteti bilan uchrashuv o‘tkazilib, xalqaro ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish, qo‘shma tadqiqot dasturlari bo‘yicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish, ularni bosqichma-bosqich amalga oshirish mexanizmlarini kelishib olindi.
Mazkur hamkorlik ToshVZITI va Yonsei Universiteti o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma loyihalar sonini oshirish va farmatsevtika hamda biotexnologiya sohalarida istiqbolli tashabbuslarni rivojlantirish uchun muhim bosqich bo’ladi.