TOSHVZITI – RIGHT FOUNDATION BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZDI
TOSHVZITI – RIGHT FOUNDATION BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZDI

Dec. 15, 2025, 3:11 p.m.

TOSHVZITI – RIGHT FOUNDATION BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZDI


TOSHVZITI – RIGHT FOUNDATION BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI O‘TKAZDI

📅 Hamkorlik dorasidagi navbatdagi safarda,  Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti delegatsiyasi Janubiy Koreyaning RIGHT Foundation (Research Investment for Global Health Technology Foundation) markaziga tashrif buyurdi.

📌Eslatma: 
RIGHT Foundation – global sog‘liqni saqlash texnologiyalarini rivojlantirish, diagnostika, vaksina va terapevtik vositalarni qo‘llab-quvvatlaydigan xalqaro jamg‘arma hisoblanadi.

🤝 Uchrashuv davomida kelajakda amalga oshiriladigan qo‘shma ishlar bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi. Qaysi yo‘nalishlarda hamkorlik olib borish, qaysi ilmiy loyihalarda birgalikda ishlash mumkinligi bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

Shuningdek, O‘zbekistonda diagnostika, vaksina yo‘nalishidagi ilmiy loyihalarni kengaytirish, shu asosda yangi hamkorlik platformalarini yaratish masalalari ham muhokama qilindi.

🌐Tashrif ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilmiy tashabbuslarni rivojlantirish va Sog‘liqni saqlash sohasidagi ilmiy salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega.