MALAYZIYANING “GRANULAB” KOMPANIYASI BILAN ILMIY HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI
MALAYZIYANING “GRANULAB” KOMPANIYASI BILAN ILMIY HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI

Jan. 14, 2026, 2:54 p.m.

MALAYZIYANING “GRANULAB” KOMPANIYASI BILAN ILMIY HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI

MALAYZIYANING “GRANULAB” KOMPANIYASI BILAN ILMIY HAMKORLIK MUHOKAMA QILINDI

📆Bugun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Fan, ta’lim va innovatsiyalar bo‘limi hamda Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori Shavkatjon Azizov ishtirokida Malayziyaning nufuzli “Granulab” kompaniyasi vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 📌Granulab — Malayziyada faoliyat yurituvchi, Class D (yuqori xavfli) tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchisi, sun’iy suyak implantlari va biokompatibil tibbiy materiallar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya hisoblanadi.

🔬 Uchrashuv davomida:
 ✅ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,
 ✅kadrlar tayyorlash va malaka oshirish,
 ✅olimlar o‘rtasida ilmiy tajriba almashish,
 ✅kelajakda mahalliy ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

🎯 Yakuniy kelishuv va maqsadlar:
 1️⃣ ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash;
 2️⃣ yosh mutaxassislar uchun xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratish;
 3️⃣ tibbiy buyumlar sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
 4️⃣ uzoq muddatli strategik ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

🌍 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston ilm-fani va biofarmatsevtika sohasida xalqaro integratsiyani kengaytirish yo‘lidagi muhim bosqichlardan biri bo‘ldi.