
XALQARO ILMIY MAYDONDA O’ZBEK OLIMI ISHTIROKIDA YANA BIR MUHIM YUTUQ
O‘zbekiston ilm-fani jahon sahnasida navbatdagi bor o‘z nufuzini namoyon etdi.
2026-yilda Elsevier / ScienceDirect xalqaro ilmiy platformasida chop etilgan
“Nanotherapeutics Combating Microbial Infections and Antimicrobial Resistance” nomli nufuzli ilmiy nashrda
biofilm hosil qiluvchi mikroorganizmlarga qarshi kurashga bag‘ishlangan muhim ilmiy bob e’lon qilindi.
🔬 6-bob — “Nano-derived materials to fight biofilm forming microbial communities”
zamonaviy nanoasosli materiallar, antimikrob rezistentlikka qarshi innovatsion yondashuvlar va infeksion kasalliklarni nazorat qilishda yangi ilmiy yechimlarni o‘zida mujassam etadi.
🌍 Ushbu xalqaro ilmiy tadqiqot mualliflari safida
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, olim Shavkatjon Azizovning ishtiroki institut ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganidan dalolat beradi.
🏛 Mazkur yutuq Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti direktori rahbarligida olib borilayotgan
ilmiy izlanishlar, xalqaro hamkorlik va innovatsion tadqiqotlar samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Qisqacha tanishish uchun: https://doi.org/10.1016/B978-0-443-33070-4.00007-1
🧪 TOSHVZITI axborot xizmati