Institutining uch nafar xodimlari - Savurova Mohinabonu, Parmonova Maftuna, Rizayeva Sarvinoz Angliyaning De Montfort universitetining magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlab, 13-fevral kuni Lester shahrida o’tkazilgan bitiruv marosimida qatnashib, diplomlarini tantanali ravishda qabul qilib oldilar. Ularning bu yutug‘i institutimiz jamoasi uchun faxr va g‘ururdir.
Shu munosabat bilan institutda maxsus taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tadbir davomida institut direktori A. Ashurov bitiruvchilarni samimiy tabriklab, ularning ilmiy izlanishlari institutimiz va umuman, biotexnologiya sohasining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Ushbu bitiruvchilarni samimiy tabriklab, kelgusidagi ilmiy faoliyatlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Institutimiz ularning bilim va tajribalaridan foydalangan holda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shishlariga ishonch bildiradi.