Ilmiy-texnik kengash bo‘lib o‘tdi
2025-yil 19-may, Dushanba kuni Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy-texnik kengash bo‘lib o‘tdi.
Kengashda A. Ashurov va F. To’xtayevning Eron Islom Respublikasiga xizmat safari yuzasidan hisobot taqdim etildi.
Safar davomida quyidagi muhim kelishuvlar amalga oshirildi:
▪️ Paster instituti – innovatsion ilmiy hamkorlik memorandumi imzolandi
▪️ Avitsenna instituti – biotexnologiya, oqsillar va antitanalar sohasida qo‘shma tadqiqotlar
▪️ Tehron universiteti – robot texnika va intellektual tibbiyot yo‘nalishlarida hamkorlik
▪️ TECI-CO kompaniyasi – vaksina ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha amaliy hamkorlik kabi turli masalalar muhokama qilindi.
Kengashda laboratoriya mudirlari va yosh ilmiy xodimlar faol ishtirok etdilar.
Ilmiy-texnik kengashda natijalar muhokama qilinib, kelajak rejalariga asos yaratildi.