Biopreparatlar Bo‘yicha Xalqaro Seminar!
Poytaxtning markazida joylashgan Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutida
“Biopreparatlar: profilaktika, tashxis, davolash” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — biofarmatsevtika sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, dolzarb muammolarni tahlil qilish va yosh olimlar izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Seminarga hatto Zoom platformasi orqali ham Yaponiya, AQSh, Eron, Peru kabi davlatlardan yetakchi olimlar ishtirok etdi.
🇺🇿Respublikaning ilmiy muassasalari vakillari, yosh tadqiqotchilar ham qatnashdi.
Ilmiy taqdimotlar davomida:
Bioxavfsizlik, tabiiy preparatlar, diagnostika usullari, innovatsion vaksinalar, va biotexnologik yondashuvlar muhokama qilindi.